Muddatli harbiy xizmatchilar uchun yangi oshxona foydalanishga topshirildi

0
1250

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy imkoniyatlarga ega oshxona qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida qoʻmondonlikning masʼul ofitserlari, harbiy xizmatchilar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Albatta, oʻzida barcha qulayliklarni mujassam etgan mazkur oshxonada bir vaqtning oʻzida turfa taomlar, non va qandolat mahsulotlarini ham tayyorlash mumkin.

Aytish kerakki, soʻngi yillarda Mudofaa tizimida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Vatan himoyachilarining sidqidil xizmat olib borishlari uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilyapti. Bu avvalo, harbiy xizmatchilarga qaratilayotgan eʼtibor, qolaversa, sohadagi yangilanishlaru islohotlar namunasidir.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting