Kattaqoʻrgʻon va Jizzaxda “Dolzarb 30 kun” doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi

0
1160

Mamlakatimizda joriy yilning 10-iyuldan 10-avgustga qadar Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilayotgan “Dolzarb 30 kun” tadbirlari doirasida Markaziy harbiy okrugning Kattaqoʻrgʻon hamda Jizzax garnizonlarida yongʻin xavfining oldini olishga qaratilgan koʻrgazmali mashgʻulotlar tashkil etildi.

Garnizonlardagi yongʻin nazorati inspeksiyalari va Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida yongʻinni oʻchirishning dastlabki vositalarini saqlash, zarur boʻlganda ayrim yongʻinlarni boshlangʻich bosqichda oʻchirishni mustaqil ravishda tashkil etish koʻrgazmali tarzda namoyish etildi.

Shundan soʻng, harbiy qism va muassasalardagi yongʻin oʻchirish komandasining yongʻinni bartaraf etish borasidagi harakatlari qoʻriqlanayotgan obyektlarda shartli “Yongʻin trevoga” signallari eʼlon qilish orqali amalga oshirilib, ularning sergakligi yanada oshirildi. Shuningdek, yoqilgʻi saqlash omborida mavjud boʻlgan yongʻin oʻchirish avtomobili, yongʻin oʻchirishdagi texnik qurol-aslahalar, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari shay holatga keltirildi.

Joylardagi harbiy qism va muassasalarida yongʻinga qarshi profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting