Olis hududlarda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan davra suhbatlari oʻtkazilmoqda

0
2798

Sirdaryo viloyatining olis hududlaridan biri hisoblanadigan Mudofaa vazirligiga qarashli Shirin shahrida joylashgan harbiy qismda “Oila — muqaddas qoʻrgʻon” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda Mudofaa vazirligining xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassisi Zulfiya Mansurova va Mudofaa vazirligi tasarrufidagi qoʻmondonlikning masʼul ofiserlari hamda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlariga oilani asrash, uning naqadar muqaddas ekanini chuqur anglab yetish kerakligi haqida toʻliq maʼlumotlar berildi. Farzandlar tarbiyasida ota-onalarning roli muhim ahamiyat ega ekanligi va bunda loqaydlikka yoʻl qoʻyilsa, natijasi salbiy holatlar bilan yakunlanishi mumkinligi toʻgʻrisida hayotiy misollar keltirildi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar bugungi kunda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolariga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan davra suhbati yakunida, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan toʻlaqonli javob oldilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting