Ofitserlar oʻrtasida mini-futbol musobaqasi davom etmoqda

0
2470

Avval xabar berganimizdek, Mudofaa vazirligi qoʻshinlari ofitserlar tarkibi oʻrtasida mini-futbol chempionatni oʻtkazish maqsadida jamoalar joylashgan guruhlarni aniqlash uchun qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtgan edi. Raqiblari va joylashgan oʻrinlari maʼlum boʻlgan jamoalar guruhdan birinchi va yuqori ball bilan, keyingi bosqichga oʻtish uchun maydonda harakatlanmoqda.

Shiddatli va murosasiz davom etayotgan ushbu chempionat guruh bosqichi nihoyalab borayotgani sayin, shiddat va shijoat ham avj pallaga chiqmoqda. Maydonning har qarichi uchun raqiblar tinimsiz kurashayotganidan ham gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqni yaqqol sezish mumkin.

Mudofaa vazirligi qoʻshinlari ofitserlar tarkibi oʻrtasida oʻtkazilayotgan mini-futbol chempionatning gʻoliblari 15-iyul kuni aniqlanadi. Oʻsha kuni gʻolib va sovrindorlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Sherzod Sharipov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting