Mudofaa vazirligi yongʻin nazorati boshqaruv organi ofitserlarining oʻquv-uslubiy yigʻini boshlandi

0
1340

2023-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar yurtimizda Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri boʻlib oʻtmoqda. Mazkur oylik doirasida soha xodimlari tomonidan yongʻin xavfining oldini olishga qaratilgan turli profilaktik tdbirlar, koʻrgazmali mashgʻulotlar hamda oʻquv yigʻinlari oʻtkazib kelinmoqda.

Shu maqsadda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xonobod qoʻrgʻonida joylashgan harbiy qismda Mudofaa vazirligi yongʻin nazorati boshqaruv organi ofitserlari bilan uch kunlik oʻquv uslubiy yigʻini boshlandi.

Dastlab, yigʻin rahbari Mudofaa vazirligi yongʻin xavfsizligi xizmati boshligʻi tomonidan yigʻin maqsadi va rejasi yetkazildi, ishtirokchilarning yil davomida amalga oshirgan ishlari borasida maʼruzalari tinglandi.

Yongʻin nazorati organlari tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida bajarilgan ishlari tahlil etilib, faol mutaxassislar eʼtirof etildi.

Shundan soʻng, okrug tasarrufidagi harbiy qism negizida mavjud yongʻin oʻchirish bo‘linmasi shayligi tekshirilib, zamonaviy yongʻindan xabar berish uskunalari borasida bilimlar berildi.

Oldinda yigʻin rejasiga asosan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻt oʻchirish amaliy koʻrgazmali mashgʻuloti oʻtkazish belgilangan.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting