Harbiy qism tashkil topgan kun nishonlandi

0
2022

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan biri tashkil etilgan sana munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Unda okrug qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari-shtab boshligʻi polkovnik Shakir Xairov, Jarqoʻrgʻon tuman hokimi Elmurod Avazov, davlat va jamoat tashkilotlari, faxriylar va harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari ishtirok etdi.

Tantanali tadbir davomida soʻzga chiqqanlar harbiy qism shaxsiy tarkibini ushbu qutlugʻ sana bilan muborakbod etib, yurt posbonlarining kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, milliy armiyamiz saflarida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilari uzoq yillar davomida turli taktik oʻquv mashgʻulotlarida, umumarmiya oʻyinlarida, qolaversa, xalqaro musobaqalarda faol qatnashib, Oʻzbekiston bayrogʻi baland koʻtarilishiga munosib hissa qoʻshgani eʼtirof etildi.

Tadbirda xizmat faoliyati davomida jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik borasida muayyan yutuqlarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar, esdalik nishonlari, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Shundan song bayramona dasturxon yozildi, viloyatdan va tuman madaniyat uylaridan tashrif buyrgan sanʼatkorlar mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting