Mudofaa vazirligi miqyosidagi mini-futbol musobaqasiga qurʼa tashlandi

0
1883

Mudofaa vazirligi qoʻshinlari ofitserlar tarkibi oʻrtasida mini-futbol chempionati boshlandi. Unda harbiy okruglar, qoʻmondonliklar, harbiy oliy taʼlim muassasalari va harbiy qismlarda xizmat vazifasini oʻtab kelayotgan ofitserlardan iborat 20 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bugun ushbu chempionatni oʻtkazish uchun jamoalar oʻrtasida qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Harbiy xizmatchilar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, oʻzaro sogʻlom raqobatni rivojlantirish maqsadida Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismlarning birida boʻlib oʻtayotgan mini-futbol chempionatining shaffof va xolis oʻtishi uchun hakamlar hayʼati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasidan taklif etildi.

Qurʼa tashlashdan soʻng ishtirokchi jamoalar 4 guruhga ajratilgan holda, oʻzlarining raqib jamoalarini bilib olishdi. Tadbirda Mudofaa vazirligi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi Jismoniy tayyorgarlik va sport boʻlimi katta inspektori polkovnik Avaz Azimov ishtirok etib, chempionat ishtirokchilariga musobaqa shartlarini tushuntirdi va ularga omad tiladi.

Sherzod Sharipov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting