Harbiy xizmatchilar buyuk mutafakkir xotirasini yod etdi

0
2844

Margʻilon shahrida buyuk mutafakkir Burhoniddin Margʻinoniy hayoti va ijodini oʻrganishga bagʻishlangan “Buyuk ajdodlarga munosib voris boʻlaylik” shiori ostida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, Yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Margʻilon shahar boʻlimi va tarixchi olimlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Burhoniddin Margʻinoniyning asarlari, hayoti va ijodi haqida soʻz yuritildi.  Ilmu urfon yoʻlidagi fidoyiligi, kamtarligi oʻz asarlarida biron marta ham “men” degan soʻzni ishlatmay, “bu zaif banda aytadi” kabi izohlari haqida alohida toʻxtaldi.

Burhoniddin Margʻinoniyning ilmiy merosi hozirga qadar oʻz ahamiyatinn yoʻqotmagan. Jahondagi koʻplab oliy oʻquv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Margʻinoniyning taʼlimoti asosida oʻrganiladi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. Xususan, Burhoniddin Margʻinoniy tavalludining 910 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Margʻilon shahri markazida Burhoniddin Margʻinoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi oʻrnatildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting