Oziq-ovqat ta’minoti xodimlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi

0
735

Andijon garnizonidagi harbiy qismda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlaridagi harbiy qismlarning oziq-ovqat xizmati, hisob-kitob bo‘limi boshliqlari va autsorsing tashkilotlari rahbarlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘inda harbiy qism va muassasalarda ish faoliyatini olib borayotgan autsorsing tashkilotlari tomonidan shaxsiy tarkibning sifatli ovqatlanishini, oziq-ovqat mahsulotlarining olib kelinishi va to‘g‘ri saqlanishini tashkil etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, harbiy qism oziq-ovqat xizmati boshliqlari hamda autsorsing rahbarlarining ish faoliyatini baholash, oziq-ovqat ta’minoti tizimi va faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy texnikalar bilan ta’minlangani va ularning to‘g‘ri ishlatilishi hamda saqlanishi bo‘yicha yo‘riqnoma berish, shu bilan birga, kelgusidagi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar rejasini kelishib olingan.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati