“Ma’naviyat karvoni” bolajonlarda katta taassurot qoldirdi

0
1121

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish borasida yurtimizda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, yoshlarni ma’nan yetuk, jismonan barkamol bo‘lib ulg‘ayishlarida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu kabi ezgu niyatlarni maqsad qilgan “Ma’naviyat karvoni”ning navbatdagi manzili Farg‘ona viloyat Quvasoy tumanida joylashgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘ldi. Sharqiy harbiy okrug harbiy orkestr jamoasi ishtirokida tashkil etilgan ushbu tadbirda yoshlar uchun musiqiy chiqishlari, vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar bolajonlarda bir olam taassurot qoldirdi.

Yozgi ta’tilni oromgohda maroqli o‘tkazayotgan bolajonlar uchun tashkil etilayotgan harbiy orkestr va badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokidagi “Ma’naviyat karvoni” ulardagi harbiy kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga xizmat qilmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting