Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida yoshlar uchun toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyildi

0
768

Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalarda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida davra suhbatlari, “Uch avlod uchrashuvlari” va toʻgaraklar faoliyati muntazam ravishda yoʻlga qoʻyilib, oʻtkazilib kelinmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida ham samarali ishlar tashkil qilingan.

Samo lochinlari tahsil olayotgan bilim yurtida ham yoz mavsumida oʻquvchi yoshlar boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun turli sohalarga moʻljallangan toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur toʻgarakda yoshlar to‘rtta — robototexnika, aviamodel, kompyuter dasturlash va musiqa kabi yoʻnalishlar boʻyicha malakali mutaxassislardan bilim va koʻnikmalarni egallashmoqda. Har bir mashgʻulotlar esa eng soʻnggi innovatsion texnologiyalar yordamida olib borilyapti.

Shuningdek, oʻtkazilayotgan mashgʻulot yakunida oʻquvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol-javob tarzidagi qiziqarli mashqlar ham tashkil etilib, faol qatnashgan oʻquvchilar munosib taqdirlanmoqda.

Albatta, bu kabi toʻgaraklarning mazmunli va qiziqarli tashkil etilishi yoshlarda ona Vatanga sadoqat hissini yanada oshirib, kelajakda el-yurtiga munosib xizmat qilish mas’uliyati va ishtiyoqini yanada oshirishi shubhasiz.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting