Zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash fakulteti kursantlari Vatanga qasamyod qabul qildi

0
1242

Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor masalalaridan biri — bu milliy ofitser kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishdan iborat.

Bugun, 7-iyul kuni Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining davlat attestatsiyasidan oʻtgan kursantlarining “Vatanga qasamyod” qabul qilish bo‘yicha tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

Har bir yigit kun kelib Vatanga qasamyod qilishni o‘z oldiga eng oliy maqsad qilib qo‘yadi. Boisi bu marosimdan so‘ng ular chin ma’noda mard va jasur yurt posbonlari safiga qo‘shiladilar.

Maʼlumki, ushbu oʻquv dargohda zaxiradagi ofitserlarning har tomonlama yuqori yetakchilik sifatlari, vatanparvarligi hamda o‘z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish tuygʻulari shakllanadi, keng dunyoqarashi, intellektual qobiliyatlari rivojlanadi.

Bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari, keng jamoatchilik vakillari hamda ota-onalar, yosh-u keksalar va mehmonlar ishtirok etib, ushbu onlarni katta hayajon bilan kuzatdilar.

Marosimda soʻz olganlar bugun katta hayotga qadam qoʻyayotgan kursantlarning shijoati, kuch va gʻayrati tobora oshib borayotgani, oʻz sohasiga haqiqiy professional kadrlar yetishib chiqayotgani, mamlakatimiz taqdiri ishonchli qoʻllarda ekanini taʼkidlab, yurt osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilishga bel bogʻlagan o‘g‘lonlarga oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting