Ehtiyojmand oilalarning uy-joylari taʼmirlab berildi

0
1046

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining turli hududlarida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun yangi uy-joylar qurilib, ayrim xonadonlar toʻliq taʼmirlangan holda oʻz egaariga topshirilmoqda. Ushbu xayrli ishda bosh-qosh boʻlayotgan Mudofaa vazirligi ishchi guruhi ana shunday xonadon egalarining cheksiz quvonchiga sherik boʻlishmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “2022-2025-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi qarorga muvofiq amalga oshrilayotgan saʼy-harakatlar natijasida viloyatning Chirchiq, Gʻazalkent, Angren, Nurafshon shaharlari hamda Olmaliq, Ohangaron, Bekobod, Boʻka, Zangiota kabi tumanlarida yuzdan ortiq fuqarolarga farovon turmush kechirish uchun imkoniyatlar yaratilib berilyapti.

Ishlar bilan yaqindan tanishish paytida aholi turmush sharoitini oʻrganish, shu bilan birga mavjud muammolarni bartaraf etish, yordam koʻrsatilayotgan xonadondagi yoshlarga koʻmaklashish, nogiron va xasta qariyalarga tibbiy muoalajalar koʻrsatish boʻyicha maʼlumotlar diqqat markazidan chetda qolmadi. Chirchiqlik Gulsara Nurova, Ayimshe Alimqulova, ohangaronlik Shohista Razzaqova, gʻazalkentlik Muhayyo Mamatkarimova, angrenlik Irgasheva Tursunbibi kabi oʻnlab yolgʻiz va keksa ayollar yangi uylar qurib berildi va xonadonlari taʼmirlandi. Bundan tashqari, vazirlik va mahalliy hokimliklar tomonidan roʻzgʻor uchun zarur boʻlgan buyumlar sovgʻa sifatida topshirildi.

6-iyul sanasi Gulsara Nurova hamda Ayimshe Alimqulova va ularning mahalladlshlari yodida bir umrga muhrlanib qoladigan boʻldi. Chunki shu kuni bu ikki xonadon haqiqiy maʼnoda toʻy-tantana shukuhiga burkandi. Chirchiq shahri Ahmad Yassaviy mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qilayotgan bu ayollar barcha qulayliklarga ega, yangi qurilgan ikki va uch xonali uylarga koʻchib oʻtishdi. Uy qurilishda beminnat xizmat qilgan harbiy xizmatchilar, shahar hokimi Davron Hidoyatov, mahalla faxriylari xonadon egalarining cheksiz quvonchlariga sherik boʻlishdi.

Asror Ro‘ziboyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting