Sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan davra suhbati

0
1399

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonidagi harbiy qismda “Sog‘lom turmush tarzi — yorqin kelajak garovi” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi mas’ul ofiserlari hamda garnizonda joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassislar jamiyatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi o‘ta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanishi, oila, o‘quv-tarbiya maskanlari, mahalla hamda mustaqil ta’lim oldiga jamiyatimiz fuqarolariga sog‘lom turmush tarzi mazmuni va mohiyatini anglatish, yoshlarni sergak va bilimdon, barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasini qo‘yishini ta’kidlab o‘tdi.

Sog‘lom turmush tarzi – bu faol mehnat, ijod og‘ushida yashash, kuchli jismoniy va ruhiy yuklamalarni, o‘ta xavfli va zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni yengil ko‘tara oladigan har tomonlama taraqqiy etgan shaxsning shakllanish jarayonidir.

Davra suhbati davomida mutaxassislar nosog‘lom muhit tufayli buzilib ketayotgan oilalar, norasida qolayotgan yetim farzandlar haqida misollar keltirib, yurt posbonlarga jamiyatda sog‘lom hayot qurishda chinakam tavsiyalar va yo‘l-yo‘riqlar berildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting