Ostonada birinchi harbiy orkestrlar festivali boshlandi

0
979

Avvalroq Qozog‘istonda “Ostona — madaniyat karvoni” festivalining bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Kuni kecha Qozog‘iston poytaxtidagi Markziy bog‘ amfiteatrida tashkil etilgan festival harbiy orkestrlar o‘rtasidagi “Bent marafoni” bilan boshlandi.

Tinchlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik g‘oyalarini ilgari surgan xalqaro tadbirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi markaziy harbiy okrestri ham chiqish qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ostona shahrida o‘tkaziladigan festivalda mezbon davlatdan tashqari Ozarbayjon, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston va Yaponiyaning eng yaxshi musiqiy jamoalari ishtirok etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting