Ofitserlar tayyorlash kursining navbatdagi bitiruvchilariga “leytenant” harbiy unvonlari topshirildi

0
2715

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida qo‘shinlarda kontrakt asosida xizmat qilayotgan oliy maʼlumotli harbiy xizmatchilarining bitiruvi va ularga ilk ofitserlik unvoni topshirilishiga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi. Unda Mudofaa vazirligi masʼullari, bilim yurti hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etdi.

Sahnada soʻz olganlar bitiruvchilarni qutlar ekan, Vatanimizning hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini himoya qilishda ularga bukilmas iroda, muvaffaqiyat tilashdi. Milliy armiyamizning jangovar tayyorgarlik darajasi, mamlakatimiz xavfsizligiga raxna soladigan har qanday tahdidlarga qarshi tura olish qudrati uning zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan qanchalik taʼminlanganidan tashqari bevosita uning tarkibida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning yuqori bilim va tajribasiga ham bogʻliqligini alohida taʼkidlashdi.

Shundan soʻng tegishli buyruqlar oʻqib eshittirilib, bitiruvchilarga birma-bir, qarsaklar ostida sertifikat va “leytenant” harbiy unvoni topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting