Farg‘onadagi “Vatanparvarlar” bogʻida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

0
2553

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish borasida yurtimizda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida ham bu boradagi samarali ishlar olib borilyapti. Yoshlarni “Vatan — ulugʻ, burch — muqaddas!” konseptual gʻoya ostida tarbiyalash, har tomonlama rivojlantirish, qatʻiy fikr va eʻtiqodga ega shaxsni shakllantirish asosiy maqsad etib belgilangan.

Shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Fargʻona viloyat hokimligi, okrug faxriylar kengashi aʻzolari, Yoshlar ittifoqi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Fargʻona shahridagi “Vatanparvarlar” bogʻida yoshlar uchun sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida bogʻ hududida joylashgan harbiy texnikalar va vositalar haqida koʻplab maʻlumotlar berilib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar qaytarildi.

Qiziqarli sayohat davomida faxriylar va yoshlar oʻrtasida koʻplab suhbatlar oʻtkazdi. Shuningdek, bogʻ hududida “Uch avlod uchrashuvi” koʻrinishidagi davra suhbati ham boʻlib oʻtdi. Unda bugungi kunda yoshlarimizga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ular egallashi kerak boʻlgan marralar, harbiy xizmat nufuzi va harbiy xizmatchilarimiz erishayotgan natijalar haqida soʻz yuritildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting