Qashqadaryoda qoʻmondon kubogi uchun bellashuvlar oʻtkazildi

0
2269

Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida Qashqadaryo viloyati yoshlari oʻrtasida sportning aralash jang sanʼati turi boʻyicha Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi musobaqasi oʻtkazildi.

Unda 12-13, 14-15, va 16-17 yosh toifasidagi sportchi yigit-qizlar va hudud yoshlaridan tarkib topgan jamoalar ishtirok etdi.

Tantanali ochilish marosimidan soʻng malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati aʼzolari nazorati ostida musobaqaga start berildi. Sportchilar musobaqa mezonlariga asosan oʻz vazn toifalariga koʻra bahs olib bordi.

Shiddatli va murosasiz kechgan musobaqani kuzatgan inson yurtimizda sport, xususan, aralash jang san’atiga qaratilayotgan e’tibordan manmun bo‘ladi. Chunki har bir ishtirokchida professional sportchiga xos xususiyatlar yaqqol sezilib turdi.

Mardlar maydonda sinaldi va natijalar sarhisob qilindi. Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, bellashuvlarda yaqqol yetakchilik qilgan Qarshi shahri sport klubi yoshlaridan iborat jamoa aʼzolari umumjamoa hisobida mutlaq birinchilikni qoʻlga kiritdi. Nuriston garnizonida joylashgan harbiy qism jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, Koson tumani jamoasi shohsupaning uchinchi oʻrinidan joy oldi.

Gʻolib va sovrindorlarga okrug qoʻmondonligi tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting