Harbiy xizmatchilar tomonidan bolajonlar uchun madaniy hordiq tadbirlari tashkil etildi

0
1133

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Navbahor tumanida joylashgan “Oftobjon” nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Bolojanlarning dam olish vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘l jangi san’ati va faxriy qorovulning saf chiqishlari namoyish etildi.

Harbiy orkestr ijrosidagi ona Vatanni va tinchlik ulug‘lovchi, mardlik va jasurlik tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ertamiz egalari uchun haqiqiy xush kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting