E’lon! Tadbirkorlik subyektlari hamkorlikka taklif etiladi

0
893

“Chirchiq” okrug poligoni hududidagi oq qumdan (kvarts) unumli va samarali foydalanish maqsadida, tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga sheriklik asosida hamkorlik qilish uchun tanlov e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish xizmatiga taqdim qilinishi lozim:

1.O‘R MV QXMYB xizmati boshlig‘i nomiga ariza;

2.Bank rekvizitlari haqida ma’lumot;

3.Firmaning qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumot;

4.Ishlarni bajarish to‘g‘risidagi biznes loyiha.

Ma’lumot uchun (71) 269-61-79, (88) 142-01-19 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, 143-harbiy shaharcha.

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting