Sharqiy harbiy okrugda harbiy qismlar tashkil topgan kun tantanali nishonlandi

0
3214

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy qismlarning tashkil etilgan kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazildi.

Qo‘qon shahridagi harbiy qism tashkil etilgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qo‘qon shahar hokimi, harbiy xizmatchilar hamda mazkur harbiy qismda xizmat o‘tagan va hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan faxriy harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Tadbir avvalida Mudofaa vazining harbiy xizmatchilarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng, qutlugsana munosabati bilan yurt posbonlarining kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar va ezgu tilaklar bilidirildi.

 

Shuningdek, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik borasida, Mudofaa vazirligi va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yutuqlarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvon, qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Harbiy qismda qad rostlagan xotira maydonida tadbir ishtirokchilari tomonidan yurtimiz himoyasi yo‘lida jonini fido qilgan mard o‘g‘lonlarga ehtirom ko‘rsatilib, gulchambarlar qo‘yildi.

Andijon va Namangan garnizonlaridagi harbiy qismlarda o‘tkazilgan bayram tantanalarida ham harbiy qism harbiy xizmatchilari erishayotgan yutuqlar e’tirof etilib, shaxsiy tarkib munosib rag‘batlantirildi.

 

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting