Jizzax va Samarqandda harbiy qismlarning qutlug‘ sanasi keng nishonlandi

0
2081

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax hamda Samarqand garnizonidagi harbiy qismlarda harbiy qism tashkil etilgan sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazildi.

Jizzax garnizonida o‘tkazilgan tadbirda dastlab, harbiy qismda tashkil etilgan Xotira xiyobonida Vatanimiz tinchligi va osoyishtilagi yo‘lida jon fido qilgan o‘g‘lonlar xotirlanib, ular monumenti poyiga gulchambar qo‘yish bilan boshlandi.
Tadbirda Markaziy  harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev, Baxmal tuman hokimligi va mehmonlar harbiy qism shaxsiy tarkibini ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklab, yurt posbonlarining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilashdi.

Qo‘mondon tabrik so‘zida milliy armiyamiz saflarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilari uzoq yillar davomida turli taktik o‘quv mashg‘ulotlarida, umumarmiya o‘yinlarida qolaversa xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shganligini e’tirof etdi.

Sana munosabati bilan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik borasida, harbiy okrug, Mudofaa vazirligi va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muayyan yutuqlarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvon, esdalik nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Huddi shunday tadbir Samarqand garnizonida ham o‘tkazilib, Vatan oldidagi yigitlik burchini ado etib kelayotgan yurt posbonlarining erishayotgan yutuqlari yana bir bor tilga olinib, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini namoyon etib kelayotganligi taxsinga sazovor ekanligi haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, o‘zining jangovar tayyorgarligi va ma’naviy –ma’rifiy faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga harbiy orkestr sadolari ostida navbatdagi harbiy unvon, qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tantanali tadbirlarning badiiy qismida namoyish etilgan turli sahna ko‘rinishlari va konsert dasturlari harbiy xizmatchilar bilan birga ularning oila a’zolariga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.

 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting