Shovotdagi festival vatanparvar yoshlarni birlashtirdi

0
2683

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Xorazm viloyati hamda Shovot tumani hokimligi, Yoshlar ittifoqi, viloyat Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, DXX Chegara qo‘shinlari hududiy qo‘mondonligi hamda “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Shovot tumanida yoshlar uchun festival tashkil etdi.

Ommaviy yurish marafonidan boshlangan festival Al-Xorazmiy nomli fizika-matematikaga ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomli Xalqaro maktab-internatida festivalga ulandi. Nukus garnizoni harbiy orkestri, tuman madaniyat va san’at xodimlari tomonidan tayyorlangan bayramona konsert dasturidan o‘rin olgan Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilar qalbidan chuqur joy oldi.

Kuch tuzilmalari vakillarining xizmat itlari, qo‘l jangi elementlari bilan ko‘rgazmali chiqishlar, qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi yoshlarda harbiylikka bo‘lgan qiziqishini yanada orttirib, ularga unutilmas taassurotlarni taqdim etdi.

Bayram sayliga ulangan festivalda yoshlarning komil inson bo‘lib yetishayotgani sport musobaqalari orqali namoyon bo‘lidi. Tadbir yakunida musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting