Navoiyda nuroniylar va yoshlar harbiy qismda mehmon bo‘ldi

0
1202

Navoiy garnizonidagi harbiy qismda Navoiy  shahridagi yoshlar va nuroniylar bilan “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Dastlab harbiy qism Ma’naviyat va ma’rifat markazida nuroniylar, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirokida avlodlar uchrashuvi o‘tkazildi. Unda so’z olganlar yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkonyatlar va shart-sharoitlar haqida ta’kidlab, bunday imkonyatlardan unumli foydalangan holda yurtimiz ravnaqi yo’lida barcha birdek dahldor bo’lishi lozimligini aytib o’tishdi.

Shundan so’ng mehmonlar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar va qurol-aslaha ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi.

Yakunda harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘l jangi sahnasi, faxriy qorovulning saf chiqishlari hamda harbiy orkestr jamoalarining konsert dasturlari namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting