Mudofaa vazirligi sport markazi eshkak eshish bazasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

0
2124

Toshkent viloyatida joylashgan «Toshkent dengizi» negizida Mudofaa vazirligi sport markazi eshkak eshish bazasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, polkovnik Zoirjon Bozorboyev, Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov ishtirok etib, mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga va uni yoshlar orasida keng ommalashtirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Tadbirda qayd etilganidek, Mudofaa vazirligi sportchilarning muntazam mashg‘ulot olib borishlari uchun shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda. Zamonaviy ko‘rinishda qad rostlagan sport bazasi dastlab 1973-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ushbu kunga qadar hech qanday qurilish ishlari olib borilmagan. Shunga qaramay, sportchilar malakali murabbiylar qo‘l ostida jahon arenalarining nufuzli musobaqalarida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olayotgan edi. Bu ularning vatanparvalik, metin iroda va g‘alaba uchun yuqori ishtiyoqidan dalolat.

Ushbu yangi sport bazasi kelajakda mamlakatimiz terma jamoasiga kapitan Vadim Menkov, kichik serjantlar Dilnoza Raxmatova, Nilufar Zokirova, Qurolli Kuchlar xizmatchilari Artur Guliyev, Shahriyor Maxamov va Shaxboz Xolmirzayev kabi iqtidorli va umidli sportchilarni tayyorlashda tayanch bazaga aylanishi shubhasiz. Yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalangan holda ularga Olimpiya o‘yinlarida yorqin g‘alabalar tilaymiz.

Sherzod SHARIPOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting