Yong‘inga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

0
1192

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida shaxsiy tarkib xavfsizligini ta’minlash, bino va inshootlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen favqulodda holatlarni oldini olishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, yozgi mavsumda havo haroratining keskin isib ketishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo֥‘lgan ofatlar oldini olish maqsadida Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning 15-iyunidan 15-sentabriga qadar yong‘inga qarshi profilaktik tadbirlarni o‘tkazish belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Sirdaryo va Toshkent viloyatida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda “Yong‘inga qarshi rejim davrida faol ishtirok etaylik!” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati Shirin shahar, Toshkent viloyati Bekobod shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari mutaxassislari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.  

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda mazkur profilaktik tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, maishiy elektr moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni nazoratsiz qoldirmaslik haqida ogohlikka chaqirdi.

O‘quv mashg‘ulot davomida biriktirilgan hududlarda tez yonishi va favqulodda holatni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan chiqindilardan muntazam ravishda tozalash ishlarini olib borishda harbiy xizmatchilarning mas’uliyatini oshirishga asosiy e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha birlamchi hamda maxsus yong‘in o‘chirish texnikalarining taktik-texnik imkoniyatlari namoyish etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting