Giyohvandlikka qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

0
1014

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidag Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda “Giyohvandlik kelajagimizga rahna soladigan illat!” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda Janubiy operativ qo‘mondonligi, Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi, tuman Narkologiya dispanseri shifokorlari  hamda Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlarda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar xususida so‘z yuritildi, shuningdek, unga qarshi kurashishda har bir inson mas’ul ekani ta’kidlandi. Aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida giyohvandlikka qarshi samarali kurashishning innovasion usullari va vositalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish natijasida sodir etilayotgan jinoyatlar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari, huquqiy oqibatlari, amaldagi me’yoriy qonun hujjatlarida shu turdagi jinoyatlar uchun belgilangan jazolar, giyohvandlik tufayli yuzaga kelayotgan mudhish holatlar, ularning insonlar, ayniqsa, yoshlarning salomatligiga salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar tadbir ishtirokchilarini befarq qoldirmadi.

Ma’lumki, OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) – OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab 1,5 milliondan ortiq odam ushbu kasallikka chalinadi. Davra suhbati davomida OITS kasalligi haqida batafsil ma’lumotlar, kelib chiqishi, salbiy oqibatlari va uning oldini olish choralari yuzasidan ham ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir so‘ngida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida videorolik namoyish etildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
TERMIZ GARNIZONI

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting