“TechnoWays” harbiy ilmiy-innovatsion marafonida Mudofaa vazirligining 14 nafar xodimi tantanali taqdirlandi

0
1740

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligida Yoshlar akademiyasi tomonidan Yoshlar oyligida faol ishtirok etgan va tanlovlarda g’olib bo’lgan yoshlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.  

Tadbirda  “Yoshlar oyligi” davomida tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining 100 ga yaqin talaba-yoshlarini qamrab olgan muhandislik-texnologiyalari yo‘nalishlaridagi “Teknofest” festivalining 10 nafar g‘oliblariga 10 mln so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

Shuningdek, respublikaning 12 ta viloyati, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan saralab olingan 14 nafar yoshga “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Tadbir so‘ngida “TechnoWays” harbiy ilmiy-innovatsion marafoni g‘oliblarini va tashkilotchilarini, xususan Mudofaa vazirligining jami 14 nafar xodimi tantanali taqdirlandi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, joriy yilning iyun oyida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Yoshlar akademiyasi tomonidan  talaba-yoshlarni ilmiy-innovatsion faoliyat sohasiga keng qamrab olish maqsadida oliy ta’lim muassasalari hamda hududlardagi yoshlar texnoparklari bilan birgalikda jami 26 ta tadbir va tanlovlar tashkil etilib, 15 850 nafar talaba-yoshlar qamrab olindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting