Farg‘onada keng qamrovli yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi

0
1880

Qoʻqon shahrining Oʻrda maydonida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar sayli boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat hokimi va sektor rahbarlari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Ochilish marosimida soʻz olganlar ertamiz egalarini yaqinlashib kelayotgan 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan tabriklab, mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Sayl davomida harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, harbiy orkestr va taniqli sanʼatkorlar ijrosida kuy-qoʻshiqlar namoyish etildi.

Tadbir yakunida viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan, har jabhada ilgʻor, oʻz tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan yoshlar munosib taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting