Toshkent viloyatida “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining navbatdagi mavsumi yakunlandi

0
1031

Angren garnizonidagi harbiy qismda Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 100 nafar mahalla yoshlari uchun tashkil qilingan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini oʻz nihoyasiga yetdi.

Oʻn kunlik yig‘in davomida yoshlar bilan harbiy qismda jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunar o‘rganish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Tantanali yopilish marosimida Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi, Angren shahar hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari, yig‘in ishtirokchilarining ota-onalari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda yig‘in ishtirokchilariga egallagan kasb-hunari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kasbga yoʻnaltirilgan maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi, shuningdek, faol yoshlar Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting