O‘zbekiston bo‘ylab Markaziy Osiyodagi eng katta marafonlardan biri –“Yangi Nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o’tkazildi

0
1660

Joriy yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab Markaziy Osiyodagi eng katta marafonlardan biri –“Yangi Nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o’tkazildi.

Yakshanba, tonggi soat 06:00  O‘zbekistonning 16 ta shahrida Xalqaro Olimpiya kuni va Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.

Respublikamiz bo‘ylab mazkur poygada 50 mingdan ortiq yuguruvchi ishtirok etdi. Shuningdek, musobaqaga ilk bor Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonlik yuguruvchilar ham qo‘shildi.

Poytaxtimizda o’tkazilgan musobaqa starti “Humo Arena” sport majmuasi maydoni oldidagi finish chizig’idan boshlandi. “Olympic Day” munosabati bilan o’tkazilgan “Yangi Nafas” marafonida ishtirokchilar 3 km, 10 km va 1 mil (1,61 km) masofalardan birini tanlab, iroda va matonatlarini yana bir karra sinovdan o’tkazishdi.

E’tiborli jihati musobaqada Mudofaa vazirligi sport markazi sportchilari ham ishtirok etib, g’oliblar qatoridan joy olishdi.

Eslatib o’tamiz. Mazkur musobaqaning g’olib va sovrindorlari yakshanba kuni soat 19:30 dan 21:30 ga qadar “Milliy Bog‘” istirohat va madaniyat bog‘ida taqdirlanadi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting