Termizda “Jasorat maktabi” oʻquv-yigʻinining ikkinchi mavsumi boshlandi

0
4263

Bugungi kunda mamlakatimiz boʻylab Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlida “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi!” shiori ostidagi 10 kunlik “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinlarini oʻtkazish anʼanaga aylandi.

Ana shunday yigʻinlardan navbatdagisi Surxondaryo viloyati harbiy maʼmuriy sektori hamda Janubiy operativ qoʻmondonligining tashabbusi bilan boshlandi.

Yigʻinning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimligi mutasaddilari, Janubiy operativ qoʻmondonligi boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuravi ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Davron Abduraximov, Termiz harbiy prokurori adliya polkovnigi Sherzod Mirzayev, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi faollari, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.

Marosimda soʻz olganlar tomonidan yoshlarni tarbiyalashda yangicha tizim joriy etilgani va ayni damda buning ijrosi butun respublikamiz boʻylab amalda ekani, mazkur yigʻin yoshlar uchun kutilmagan koʻp imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berishi taʼkidlandi.

Tadbir davomida yangragan harbiy orkestr va viloyatning taniqli san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari yoshlarning ilk kunidanoq harbiylikka bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirgan bo‘lsa ajabmas.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting