Sayyor qabulda yoshlarga harbiy guvohnomalar topshirildi

0
1567

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonida Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirokida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabul avvalida harbiy xizmatchilarning oilaviy sharoitini yanada yaxshilash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida mamlkatimizda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Har bir murojaati bor fuqaro va harbiy xizmatchilar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi. Qabulda fuqarolar, harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, yechimini kutayotgan savollar, ariza va takliflari bilan yuzlandi.

Ochiq suhbat davomida tibbiy xizmat, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, xizmat joyini koʻchirish hamda uy-joy masalalari koʻrib chiqildi.

Sayyor qabul yakuniga qadar kelib tushgan 134 ta murojaatdan 68 tasi shu joyning oʻzida hal etildi, 29 ta murojaat esa tegishliligi boʻyicha mutasaddilarga yoʻnaltirildi va 37 tasi ma’lum bir vaqt talab etilgani tufayli nazoratga olindi.

Shuningdek, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgrisida”gi Qonunga muvofiq harbiy guvohnoma olish istagi bilan murojaat qilgan 5 nafar yoshga shu yerning o‘zida harbiy guvohnomalar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting