Nukusdagi harbiy qismda ochiq eshiklar kuni

0
1048

Nukus garnizonidagi harbiy qismlarning birida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Harbiy qismda bir kunim!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

O‘quvchi-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotgan sayohat davomida harbiy qism hayoti, askarlarga yaratib berilgan sharoitlar, qurol-aslaha va jangovar texnikalar ko‘rgazmasi yaqindan tanishtirilib, harbiy sohaga qiziqish bildirgan yoshlarning savollariga batafsil javoblar beriladi.

Ta’kidlash joiz, so‘nggi yillarda Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan keng islohotlar natijasida bugun harbiy qism va muassasalar zamonaviy infratuzilma asosida barpo etilib, barcha imkoniyatlarga ega qudratli maskanga aylandi. Zamonaviy armiyada xizmat qilish istagini bildirayotgan yoshlar soni kundan-kunga ortib borayotgani esa milliy armiyamiz nufuzini ortishiga xizmat qilmoqda.

Navbatdagi sayohat ham yoshlarga manzur bo‘lib, harbiylarning bir kunlik hayoti haqida tasavvurga ega bo‘lishdi. Sharafli va mas’uliyatli kasb egalarining xizmatlaridan mamnunligini aytib, ularga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Ekskursiya so‘ngida yoshlar va harbiylarning Qurolli Kuchlar haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Savollarga tezkorlik va aniqlik bilan javob bergan yoshlar va faollar harbiy qism qo‘mondonligining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting