Farg‘onada respublika doirasidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

0
1183

Farg‘ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakultetida “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini rivojlantirishda innovatsion yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari, Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti hamda Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Anjuman ishtirokchilari “Oliy ta’lim muassasalari talabalari (kursantlari)ni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb muammolari va uning yechimlari”, “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda pedagogik va psixologik texnologiyalarning o‘rni”, “Tarixiy yondashuv hamda milliy qadriyatlardan foydalanish tamoyillari” mavzularida chiqishlar qildi.

Shuningdek, anjuman ishtirokchilariga harbiy ta’lim fakulteti talabalari tomonidan qurol-aslahalar va o‘quv moddiy vositalar namoyishi tashkil etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting