Harbiy-vatanparvarlik festivallari yoshlarni bir maqsad ostida birlashtirmoqda

0
1155

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi garnizonlarda joylashgan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari tomonidan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivallari o‘tkazildi.

Unda tuman hokimliklari, “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashlari, Mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Jizzax viloyatining Zomin va G‘allarol tumanlarida, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida va Navoiy viloyatining Navbahor tumanida joylashgan “Shabboda” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yoshlar oyligi” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir hudud yoshlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Qo‘l janggi, faxriy qorovul ko‘rgazmali chiqishlari hamda harbiy orkestr jamoalarining Ona Vatanni, tinchlik va mardlikni tarrannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Shuningdek, festivalda so‘z olganlar yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlardan samarali foydalanish lozimligi xususida so‘zlab, barcha yoshlarni oylik doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting