Aholi va ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

0
784

Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tashabbusi bilan Zangiota tumani ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasida 30 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Salomatlik sayli doirasida tashkil etilgan mazkur tibbiy ko‘rik aholi va ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha targ‘ibot ishlari samaradorligini hamda aholining tibbiy bilim va madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Unga tumandagi tibbiy muassasalarning tajribali professor-shifokorlari jalb etildi. Shifokorlar barcha yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha nogironligi bo‘lgan yoshlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, zarur tavsiya va maslahatlar berdi. 

Bu kabi tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilishga, xalqning tibbiy bilimini oshirishga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.      

Mayor Sherqo‘zi XAKIMOV,
Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va aloqa harbiy instituti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting