Farg‘onada general va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

0
2389

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qoʻmondonligi, Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi hamda Fargʻona politexnika instituti bilan hamkorligida “General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib  oʻtdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov 100 dan ortiq talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Samimiy ruhda o‘tgan mazkur davra suhbatida yoshlar, ayniqsa, harbiy sohaga qiziquvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga generaldan batafsil javob oldi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar, harbiy xizmatchilarga berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, qo‘mondonning hayot yo‘lida erishgan natijalariga katta qiziqish bildirdi. Muloqotlar davomida general-mayor Aybek Saidov yoshlarga kerakli maslahatlarini berib o‘tdi. 

Tadbir so‘nggida okrug qo‘shinlari qo‘mondoni bir guruh faol talaba-yoshlarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

 Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting