MDHga a’zo davlatlar qoʻshinlarining birgalikdagi mashg‘ulotlari boshlandi

0
3015

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo ishtirokchi davlatlar Qurolli Kuchlari muhandislik ta’minoti masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasi kengashi oʻz ishini boshladi.

Bugun, 20-iyun kuni “Chirchiq” umumqo‘shin poligonida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo ishtirokchi davlatlar Qurolli Kuchlari qoʻshinlari boʻlinmalari bilan birgalikdagi mashgʻulotlarga start berildi.

Mashg‘ulotlar avvalida harbiy delegatsiyalar vakillari uchun poytaxtimizda joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ekskursiya tashkil etildi. Mehmonlar dastlab “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo’ydi. Shundan so‘ng delegatsiyalar vakillari majmuadagi installyatsiya va ekspozitsiyalar, shuningdek, bog‘ hududida joylashgan “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Eslatib o‘tamiz, asosiy mashg‘ulotlar 21-iyun kuni boshlanadi.

 Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting