Harbiy qismda bir kun

0
1128

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismlarning birida Shahrisabz tumanining bir guruh yoshlari uchun “Harbiy qismda bir kunim” loyihasi asosida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar harbiy qismdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, tarixga oid bilimlarni mustahkamlash uchun xizmat qiladigan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur kabi tematik sinflarda tashkil etilgan nazariy darslar tadbir ishtirokchilariga yorqin taassurot ulashdi.

Ertamiz egalari minglab kitob fondiga ega kutubxona bilan tanishishar ekan, milliy hamda jahon adabiyoti durdonalari haqida adabiy suhbatlar qurildi, yoshlarga eng sara badiiy kitoblar ulashildi.

Shu bilan birga, tadbir davomida yoshlar uchun qurol-aslahalar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi. Unda qurollarning ishlatilish tartibi va taktik-texnik xususiyatlari borasida ma’lumotlar berib borildi.

Harbiy qismda mavjud panaramali o‘q otish xonasida kechgan qurollardan o‘q otish bo‘yicha kichik musobaqa sport maydonchasidagi turli sport bellashuvlarga ulanib ketdi. Faol yoshlar okrug qo‘mondonligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting