Nukusda giyohvandlikka qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

0
767

Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Giyohvandlik – zamonamiz kushandasi” nomli profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik N.Abdullayev, shu bo‘limning o‘ta muhim ishlari bo‘yicha tezkor vakili mayor G.Qaljanov, Narkologiya dispanseri shifokori R.Atanazarov, Al-Beruniy nomidagi o‘rta maxsus Islom bilim yurti o‘qituvchisi J.Iskandarov hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar xususida so‘z yuritildi, unga qarshi kurashishda har bir inson mas’ul ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida giyohvandlikka qarshi samarali kurashishning innovatsion usullari va vositalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish natijasida sodir etilayotgan jinoyatlar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari, huquqiy oqibatlari, amaldagi me’yoriy qonun hujjatlarida shu turdagi jinoyatlar uchun belgilangan jazolar, giyohvandlik tufayli yuzaga kelayotgan mudhish holatlar, ularning insonlar, ayniqsa yoshlarning salomatligiga salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar tadbir ishtirokchilarini befarq qoldirmadi.

Ma’lumki, OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) –  OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab 1,5 milliondan ortiq odam ushbu kasallikka chalinadi.

Davra suhbati davomida OITS kasalligi haqida batafsil ma’lumotlar, kelib chiqishi, salbiy oqibatlari va uning oldini olish choralari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir so‘ngida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida so‘zlovchi videorolik namoyish etildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting