Harbiy tibbiyot akademiyasida davlat attestatsiyasi o‘tkazilmoqda

0
1134

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy tibbiyot akademiyasi bitiruvchi kursantlarning yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

“Harbiy tibbiyot ishi”, “Davolash ishi” hamda “Harbiy tibbiyot ishi. Tibbiy profilaktika ishi” kabi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olgan kursantlar “Mutaxassislik klinik fanlari”, “Ob’ektiv tuzilmaviy klinik” va “Harbiy mutaxassislik” bo‘yicha og‘zaki, yozma hamda amaliy simulyatsion xonalarida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyish qilmoqda.

Attestatsiya kursantlarning har bir mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davrida egallagan amaliy ko‘nikmalarini qadamma-qadam topshirishga asoslangan obyektiv tuzilmaviy klinik imtihon shaklida baholanib borilmoqda.

Yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan bitiruvchi kursantlar yakunda tibbiy xizmat leytenanti unvonini olib, qo‘shinlar safiga yo‘l oladi.

Sherzod EGAMBYeRDIYEV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting