Bo‘stonliqda vazir o‘rinbosari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

0
1180

Yoshlar oyligi doirasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bir qator rahbar va yoshlar uchrashuvlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq tumanida joylashgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Andijon viloyatidan yozgi ta’tilga kelgan yoshlar ittifoqi faollari bilan o‘tkazildi.

Unda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev yoshlar bilan ochiq muloqotga kirishib, ularning qiziqishlarini o‘rgandi. Xususan, yoshlar murojaatlarini tinglash, qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik qilish uchun vazirlik hamisha tayyor ekanini bildirdi.

Ochiq muloqotda fikr bildirgan yoshlar ham harbiy xizmatchilarning tinch va osoyishta hayotimizga qo‘shayotgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savol va murojaatlarini yo‘lladi.

Tadbir davomida Qurolli Kuchlarimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar, oliy harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirish va ta’lim olish uchun hozirdan nimalarga e’tibor qaratish kerakligi xususida suhbatlar o‘tkazilib, bu borada batafsil ma’lumotlar berildi.

 Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting