Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari bilan shtab mashqi o‘tkazildi

0
1568

Farg‘ona garnizonida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlaridagi harbiy qism va muassasa komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan “Amaliy jarayonlarda ahloqiy-ruhiy ta’minotni tashkillashtirish” mavzusida alohida shtab mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Dastavval ishtirokchilarning tayyorgarliklari ko‘zdan kechirilib, ularga mazkur mashg‘ulot rejasi yetkazildi. Shundan so‘ng, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari boshchiligida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari bilan xaritada maxsus rejalarni ishlab chiqish va takliflar tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi.

Shuningdek, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida mashg‘ulot rahbari tomonidan ahloqiy-ruhiy ta’minotni tashkillashtirish, ruhiy zo‘riqish olgan harbiy xizmatchilar bilan psixologik treninglar o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ham mutaxassislar tomonidan mashg‘ulotlar tashkillashtirildi.

Yakunda vazifalar va kelgusi rejalar belgilanib, yig‘in qatnashchilari doimiy joylashuv joyiga qaytarildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting