Boysunda keng ko‘lamda yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

0
1004

Surxondaryo viloyati markazidan olis bo‘lgan Boysun tumanida  “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

Unda Termiz va Xayrabod garnizoni harbiy qismlari, tuman hokimligi, “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Festivalda namoyish etilgan qo‘l janggi, faxriy qorovul ko‘rgazmali chiqishlar hamda Ona Vatanni, tinchlik va mardlikni tarrannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston yoshlar uchun keng imkoniyatlar mamlakati ekanligi, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlardan samarali foydalanish lozimligi xususida so‘zlab, barcha yoshlarni oylik doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi.

“Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan bu kabi festivallar viloyatimiz hududlari bo‘ylab davom etadi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting