“Yashil maydon” umummilliy loyihasi doirasida yana mingdan ortiq ko‘chat o‘tqazildi

0
1197

Yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalarda diyorimizni obod qilishga va ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi xayrli ishlardan Vatan himoyachilari ham chetda qolgani yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi harbiy xizmatchilari hududlardagi yo‘l va ariq bo‘ylari, bo‘sh turgan joylarni ko‘kalamzorlashtirish, yangi bog‘lar yaratish maqsadida mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi. Ekilgan nihollarni parvarishlash uchun “O‘nta ko‘chatga – bitta harbiy xizmatchi” shiori ostida amaliy ishlar tashkillashtirildi.

Bu kabi tashabbuslar nafaqat atrof-muhit musaffoligi, balki xalqimizga xos bo‘lgan azaliy qadriyatlarni mustahkamlashda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan harbiy shaharcha harbiy xizmatchilarining oila a’zolari Toshkent harbiy okrugi harbiy yetakchi mutaxassisi boshchiligida “Yashil hudud” aksiyasida faol qatnashdilar. Oilalar farzandlari uchun “Olmos” mahallasida qurib, foydalanishga topshirilgan maktab atrofiga manzarali hamda mevali daraxtlar ekilgan. Bunday ezgu ishlar harbiy shaharchada davom etmoqda.