Armiyada madaniy-hordiq buyumlaridan qanday foydalanish kerakligi o‘rgatildi

0
971

Nukus garnizonida armiyadagi tarbiyaning texnik vositalari va madaniy hordiq chiqarish buyumlarining to‘g‘ri hisobini yuritish, ularni saqlash bo‘yicha javobgarlik, inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi hamda hisobdan chiqarish tartibi bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi.

Unda Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi madaniy hordiq chiqarish texnik vositalari bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Baxtiyor Shamuratov, harbiy qism komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kiyim-kechak xizmati boshliqlari hamda vzvod komandirlarining moddiy ta’minot bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida Mudofaa vazirining tegishli buyruqlari asosida tarbiyaning texnik vositalari va madaniy-hordiq chiqarish buyumlarini xarid hamda qabul qilish, ularni ro‘yxatga olish, to‘g‘ri foydalanish, hisobdan chiqarish kabi muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslarga tushuntirishlar berib o‘tildi. Ularning harakatini nazorat qilish bo‘yicha mavjud bo‘lgan hujjatlarni to‘g‘ri yuritish xususida ko‘rsatmalar berildi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joiz, harbiy xizmatchilarning ma’naviy salohiyatini oshirish va mustahkamlashda bo‘linmalarning texnik vositalar va madaniy hordiq chiqarish buyumlari bilan ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan to‘g‘ri va unumli foydalanish, hisobini yuritish hamda aniq maqsadlarda ishlatish harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish hamda axloqiy-ruhiy holatini yaxshilashga olib keladi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting