Harbiy ta’lim fakulteti talabalarining “Vatanga qasamyod” marosimi bo‘lib o‘tdi

0
1706

Har bir yigit kun kelib Vatanga qasamyod qilishni o‘z oldiga eng oliy maqsad qilib qo‘yadi. Boisi bu marosimdan so‘ng ular chin ma’noda mard va jasur yurt posbonlari safiga qo‘shiladilar.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Vatanga qasamyod — eng oliy sharaf” shiori ostida bo‘lib o‘tkan marosimda bu haqda batafsil so‘z yuritildi. Mazkur tadbirda muassasaning Harbiy ta’lim fakulteti 2-bosqich kursantlari tantanali ravishda Vatanga qasamyod qildi.

Marosimda Mudofaa vazirligi vakillari, Qurolli Kuchlar akademiyasi ofitser va kursantlari, universitet professor-o‘qituvchilari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Rasmiy tadbirdan so‘ng Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli tomonidan musiqiy dastur namoyish etildi. Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlarining qo‘l janggi hamda faxriy qorovul ko‘rgazmali chiqishlari esa tadbirga yanada ko‘tarinki va jangovar ruh bag‘ishladi.

Leytenant O‘ktam ASHUROV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting