Arnasoyda “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

0
2157

Mamlakatimiz bo‘ylab “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Qo‘mondon va yoshlar” va “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, Markaziy harbiy orkug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayevning navbatdagi uchrashuvi Jizzax viloyatining olis hududlaridan biri bo‘lgan Arnasoy tumanida kechdi.

Arnasoy tumani hokimi Xurshid Alimardonovning hamrohligida samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkan uchrashuv yoshlarning ularga berilayotgan e’tibor, imtiyoz va imkoniyatlardan keng foydalanishi va milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istaklarini yanada oshirishga qaratildi.

Ayniqsa, qo‘mondon tomonidan Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish to‘g‘risida berilgan ma’lumotlar, yoshlarning sharfli kasb egasi bo‘lish, Vatanga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilish kabi hislarni uyg‘otgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Bundan tashqari, yoshlarning harbiy va turli sohadagi qiziqishlariga oid savol va murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi va tegishli mutaxasislar tomonidan to‘liq tushunchalar berib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida Arnasoy, Do’stlik, Mirzacho‘l hamda Paxtakor tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining a’zolariga harakatning imtiyozli tavsiyanomalari tantanali topshirildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan tuman yoshlarining safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmat badali, haydovchilik o‘quv kurslari hamda yoshlarning turli ijtimoiy himoyasi va bandligiga ko‘maklashuvchi subsidiya asosidagi vaucherlar yoshlar yetakchilariga topshirildi.

Shu kuni Jizzax garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan harbiy-vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Undan harbiy xizmatchilarning qo’l janggi, faxriy qorulning saf chiqishlari va harbiy orkestr jamoalarining ona Vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari o‘rin oldi.

Markaziy harbiy okrug matbut xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting