Sharqiy harbiy okrugda eng yaxshi yosh kitobxon aniqlandi

0
1199

Sharqiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Eng yaxshi yosh kitobxon”  ko‘rik-tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda harbiy qismlarda g‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Ko‘rik tanlov ishtirokchilari “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni”, “Badiiy asardan parcha” shartlarida bellashdilar.

Qadimiy va betakror diyorimizda ulg‘aygan buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib  qilish ushbu tanlovning maqsadi etib belgilangan.

Har bir shartlarda ishtirokchilar tezkorlik va aniqlik bilan javob berib kitobxonliklarini namoyish qildi.

Murosasiz kechgan ko‘rik tanlov g‘olibi Namangan garnizonidan ishtirok etgan kichik serjant Shukrullo Yunusov deb topildi va Mudofaa vazirligi bosqichiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar va sovrindorlar Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting